Jahon | 13:47 / 13.01.2023
3150
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyaga mezbonlik qiladi

Italiyada Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda 12 yanvar kuni kechqurun Italiya Korxonalar va mahsulotlar vazirligida ushbu idora boshlig‘i Adolfo Ursoning Kiyevga tashrifi yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi. 

Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, vakillik forumi Italiya va Ukraina hukumati va biznes tuzilmalarini bir stol atrofida to‘playdi, konferensiya Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani bilan kelishilgan

Vazirlik matbuot xizmati, shuningdek, bosh vazir Jorji Melonining Ukrainaga kutilayotgan ehtimoliy tashrifi munosabati bilan «donorlar konferensiyasi va tinchlik rejasi istiqbollari» bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilinganini xabar berdi.

Avvalroq Estoniya joriy yilning yanvar oyi oxirigacha Tallin tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga o‘tkazish imkonini beruvchi qonunchilik bazasini yaratishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

Estoniya tomonidan muzlatilgan Rossiya mablag‘larining umumiy miqdori 20 million dollarni tashkil qiladi. Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 68 milliard yevrolik aktivlarini muzlatib qo‘ydi, bu mablag‘ning 90 foizi Belgiya, Lyuksemburg, Italiya, Germaniya, Irlandiya, Avstriya va Fransiyaga to‘g‘ri keladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid