Sport | 12:51 / 13.01.2023
19637
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston atletlari AQShdagi qishki universiada o‘yinlarida ishtirok etadi

O‘zbekiston atletlari joriy yil 12-22 yanvar kunlari AQShning Leyk-Plesid shahrida o‘tkaziladigan XXX Butunjahon qishki universiada o‘yinlarida ishtirok etadi.

Foto: Getty Images

Dunyoning 50 dan ortiq mamlakati ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi tog‘ chang‘isi, snoubord va figurali uchish sport turlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Tog‘ chang‘isi sport turida Ra’no Imonqulova, Muhammadali Asanov, Arman Gayupov, Medet Nazarov, Rolan Raimqulov, Oqilbek Buxorboyev bahslarda ishtirok etishadi.  Snoubord bo‘yicha Dinara Jubayeva, Begzodbek Isroilov, Elnur Mirzaliyev, Ruslan Mirzaliyev, Aziz Saparbayev O‘zbekiston bayrog‘ini himoya qiladi. Figurali uchish yo‘nalishida esa Azizmurod Shabazov va Nigina Jamoliddinova o‘z omadlarini okean ortida sinovdan o‘tkazadi.

O‘zbekiston delegatsiya 10 yanvar kuni AQShga jo‘nab ketdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid