Farğona tumani Yordon qişloği toğ bağrida joylaşgan, bu yerda haqiqiy qişni, asosiysi, qorni doim köriş mumkin. Köçada bolalar çanği uçadi, ularning şöx-şodon kulgisi jaranglaydi. Kun.uz muxbiri qişloqdagi 73 yoşli Soyimaxon Ergaşeva xonadonida mehmon bölib, uy bekasi va uning öğli bilan suhbatlaşdi.
Qişga möljallab qurilgan uyga peçka qurilgan. Tandirdan issiq non uzildi, çorvalarga yem-xaşak berildi. Bolalardan taşqari hamma öz yumuşi bilan band. Soyimaxon Ergaşevaning aytişiça, qişloqda yaşaşning öz gaşti bor. Tabiat musaffo, suvlari zilol. Sut-qaymoq özlaridan çiqadi. Yozda mevalar yiğiştirilib, qişga saqlanadi. Toğ bağridagi tomorqaga kartoşka, makkajöxori ekiladi.


“Turmuş örtoğim bilan birga peşona teri qilib işlab farzandlarimni uyli-joyli qildik. Mana endi qarilik gaştini surib ötiribmiz. Qişloq maza. Ayniqsa yoz faslida Yordon boşqaça böladi.

Mehmonlar bilan töladi qişloğimiz. Hayotimni boşqa joy bilan tasavvur qila olmayman. Hatto özgalar uçun qulay sanalgan katta şaharlarga borib qolsam ham bir kunda uyimga qoçib kelib olaman”, – deydi Soyima aya.


“Fermer xöjaligida işlayman. Qöramda çorvaning hamma turidan bor. Parrandadan tortib ot, qöy, sigir va hatto eçkigaça. Mana bu hovlida özim qolganman. Ota-onamning yoşi bir joyga borib qoldi. Ularning qöldan kelganiça roziligini olişga harakat qilaman.
















