O‘zbekiston | 19:39 / 13.01.2023
52742
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 5 nafar ofitserga general unvonini berdi

Mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri va DXX raisining bir nafardan o‘rinbosarlari hamda ikki qo‘mondonga general-mayor unvoni berildi. Shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosarlaridan biri va Qoraqalpog‘iston prokuroriga “III darajali davlat adliya maslahatchisi” maxsus unvoni topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan bir guruhiga yangi unvonlar berdi.

To‘rt nafar harbiy mulozim general-mayor harbiy unvonini oldi:

  • mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovich;
  • Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Saidov Oybek Ozodovich;
  • Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Shermatov Farhodjon Ortiqovich;
  • DXX raisi o‘rinbosari Muxtorov Farrux Shahobiddinovich.
Qarshiyev Hamdam Aliqulovich / Foto: Prezident matbuot xizmati
Shermatov Farhodjon Ortiqovich / Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Muxtorov Farrux Shahobiddinovich / Foto: Prezident matbuot xizmati

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich general-mayor maxsus unvonini oldi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Yo‘ldoshev Erkin To‘raqulovich va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Tojiyev Erkabay Aminovichga “III darajali davlat adliya maslahatchisi” maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) topshirildi.

Yo‘ldoshev Erkin To‘raqulovich / Foto: Prezident matbuot xizmati
Tojiyev Erkabay Aminovich / Foto: Prezident matbuot xizmati

Harbiy unvonlarni Oliy Bosh Qo‘mondon Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Mavzuga oid