O‘zbekiston | 11:24 / 13.01.2023
40060
2 daqiqa o‘qiladi

Yakshanba kuni O‘zbekistonga nisbatan iliq havo kirib kelishi boshlanadi

Dam olish kunlari sovuq havo asta-sekin kuchsizlasha boshlaydi.

Foto: Kun.uz

Bugun O‘zbekiston hududi Qozog‘iston sharqiy hududlari ustida joylashgan keng va juda sovuq antitsiklon janubi-g‘arbiy chekkasida (periferiya) joylashgan. 

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qatlamsimon bulutlardan ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunning ikkinchi yarimda 7-12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari respublika barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni havo harorati kechasi 12-17 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqqachani, kunduzi 5-10 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 12 daraja sovuqqachani tashkil etadi. 

Yakshanba kuni respublika shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, u antitsiklon sovuq periferiyasini ortga sura boshlaydi.

Yakshanba kuni havo biroz iliqlashadi, kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. 13-16 yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi ortishi sababli tog‘li hududlarga borish tavsiya etilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid