Jahon | 10:39 / 14.01.2023
3002
2 daqiqa o‘qiladi

AEXA doimiy ravishda Ukrainadagi barcha AESni tekshiradi

AEXA rahbari Rafael Grossi Ukrainaga tashrif buyuradi va u yerda agentlik ekspertlarining doimiy vakolatxonasini taqdim etadi.

Foto: CNN

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Mariano Grossi 16-23 yanvar kunlari Ukrainaga tashrif buyurib, mamlakatdagi barcha atom elektr stansiyalarida yadro xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarning doimiy bo‘lishini tashkil qiladi.

Ushbu safar davomida AEXA rahbari Janubiy Ukraina va Rivne atom elektr stansiyalari (AES)ga, shuningdek, Chernobil AESga tashrif buyurib, ushbu obektlarning har biriga AEXAning ikkita eksperti missiyasini joylashtiradi. Ayni paytda AEXA ekspertlarining doimiy missiyasi faqat Zaporijjya AESda ta’minlangan.

«Ushbu fojiali urush ikkinchi yil bo‘layotgani sababli, biz Ukraina va boshqa mamlakatlar xalqiga yanada ko‘proq azob va falokat olib keladigan jiddiy yadroviy avariya xavfini oldini olish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak», dedi Grossi.

Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy harakatlar paytida rus qo‘shinlari Chernobil va Zaporijjya atom elektr stansiyalarini egallab oldilar. Keyinchalik, Chernobil AES Ukraina armiyasi tomonidan ozod qilindi, kuzda Yevropadagi eng yirik elektr stansiyasi bo‘lgan Zaporijjya atom elektr stansiyasi hududida otishmalar qayd etildi, bu esa jahon hamjamiyatini xavotirga soldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid