13:51 / 14.01.2023
5766

O‘zbekiston Qozog‘istondan 2,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi

2022 yilning yanvar-noyabr oylari davomida O‘zbekiston Qozog‘istondan 2,5 million tonna bug‘doy va 374,5 ming tonna bug‘doy uni sotib oldi.

Foto: slovoidilo.ua

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu muddat oralig‘ida mamlakatga kartoshka (155,1 ming tonna), arpa (98,9 ming tonna), o‘simlik yog‘i (81,7 ming tonna), margarin mahsulotlari (40 ming tonna), makkajo‘xori (37 ming tonna), qoramol go‘shti (16 ming tonna), sut mahsulotlari (4,4 ming tonna), qandolatchilik mahsulotlari (2,3 ming tonna), kakao va shokolad (1,6 ming tonna) import qilingan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar-noyabr oylari mobaynida O‘zbekiston dunyoning 109 mamlakatidan 3,2 milliard AQSh dollariga teng miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qildi.

Mavzuga oid
Top