Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Yashil shahar transport yo‘lagi» loyihasi amalga oshiriladi
Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida «Toshkent – kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish» loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash loyihaning barcha manfaatdor tomonlar vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan bo‘lib, loyiha ustidan umumiy rahbarlikni ta’minlaydi. Loyiha doirasidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda loyihani amalga oshirilishini tahlil qilib boradi.
Yig‘ilishda Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilayotgan «Yashil shahar transport yo‘lagi» loyihasi, mazkur yo‘lakda qatnovchi elektrobuslar va ularni quvvatlash stansiyalari turlari hamda loyihani amalga oshirish davomida yuzaga kelayotgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda 2022 yilda loyiha doirasida bajarilgan ishlar, joriy yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar hamda tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2023 yilga mo‘ljallangan loyiha budjeti ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026