Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi
Respublikadagi aksar viloyatlar qishki ta’til uzaytirilgani haqida ma’lum qildi. Faqat Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari bu boradagi ma’lumotlarni yangilamadi.
O‘zbekistonda sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotgani sababli Surxondaryodagi barcha ta’lim muassasalari uchun ham darslar boshlanish vaqti kechiktirildi.
Viloyat hokimiyati matbuot xizmatiga ko‘ra, hududdagi mavjud umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qish 18 yanvardan boshlanadi.
Qashqadaryo viloyatidagi barcha maktablar va bog‘chalarda, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til yana uzaytirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari 18 yanvar kunidan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, shu vaqtgacha qishki ta’tilni uzaytirgan hududlar soni 11 taga yetdi. Bundan avvalroq, havo sovuqligi uchun Farg‘ona viloyati hokimligi birinchi bo‘lib o‘quvchilar qishki ta’tilini uzaytirgan edi.
Shundan keyin, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm, Namangan, Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari ham darslar 18 yanvardan boshlanishini ma’lum qilgan.
Qolaversa, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha maktablarda va bog‘chalarda, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til yana uzaytirilgandi.
Hozircha Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyat hokimliklari hududdagi ta’lim muassasalari uchun ta’til uzaytirilganini ma’lum qilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kutilayotgan sovuq havo munosabati bilan barcha ta’lim muassasalari uchun ta’til 17 yanvarga qadar uzaytirilgandi. 10 yanvar kuni esa hukumat viloyat hokimliklariga ob-havo va muayyan hududlar hamda ta’lim muassasalaridagi sharoitga qarab ta’til jadvalini mustaqil belgilashga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:04 / 06.11.2024
Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
16:54 / 26.10.2024
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
18:06 / 17.10.2024