O‘zbekiston | 23:09 / 16.01.2023
7337
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya mudofaa vaziri iste’foga chiqdi 

Kristine Lambrext 1 yildan ko‘proq vaqt mudofaa vaziri bo‘lib ishladi va turli mojarolar fonida lavozimini tark etdi. 

Foto: Kay Nietfeld/dpa/picture alliance

Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext o‘z faoliyati tanqid ostida qolganidan keyin iste’foga chiqdi. Uning iste’fosini Germaniya kansleri Olaf Shols qabul qildi. 

Lambrext qarorini o‘z faoliyatiga OAV tomonidan juda yuqori e’tibor qaratilayotgani, bu esa «askarlar, Bundesver [armiya] va xavfsizlik siyosati holatini muhokama etishga» to‘sqinlik qilayotgani bilan izohladi. 

Bild nashrining ta’kidlashicha, Lambrextning ishdan ketishiga «misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatsizliklar ketma-ketligi» sabab bo‘lgan.  

Masalan, mudofaa vaziri sifatida olti oy ishlaganidan keyin ham u barcha harbiy unvonlarni eslab qolmaganini tan olgan intervyusi uchun tanqid qilindi.  

Shuningdek, uning yangi yil murojaati ham janjalga sabab bo‘ldi: Lambrext Ukraina hududidagi jangovar harakatlar tufayli «ko‘plab taassurotlar» olganini va «ko‘plab qiziqarli va ajoyib odamlar» bilan uchrashganini aytgan edi. 

Lambrext 2022 yil dekabr oyida mudofaa vaziri bo‘lgunga qadar Angela Merkelning so‘nggi kabinetida adliya vaziri bo‘lgan va 2021 yilda oila, ayollar va yoshlar masalalari bo‘yicha vazir lavozimida ham ishlagan. 

Mavzuga oid