O‘zbekiston | 08:02 / 18.01.2023
2790
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasida charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Foto: Dunyo

O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligida Bolgariya turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston hamda Bolgariya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashish va ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston hamda Bolgariyada turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan holda Toshkent shahrida joriy yil aprel oyida B&G, B2B formatida uchrashuvlar tashkil etish, O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ma’lumotlarni Bolgariya ommaviy axborot vositalarida yoritilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid