O‘zbekiston | 08:49 / 19.01.2023
2571
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Eron yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantiradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Eron elchisi Hamid Nayrobodiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Ikki tomonlama darajadagi va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi rejalashtirilgan muloqotlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston va Eronning pozitsiyalari yaqinligi qayd etildi.

Tomonlarning savdo-iqtisodiy yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga tayyorligi tasdiqlandi.

Transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid