O‘zbekiston | 12:04 / 20.01.2023
4537
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qatar Afg‘oniston bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni davom ettiradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.

Foto: Dunyo

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlarning BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Qatarning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga ko‘maklashish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.

Oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid