Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlik: O‘qish 23 yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi
Oliy ta’lim muassasalarida darslar onlayn bo‘lmaydi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishi haqida xabar berdi.
«Joriy yilning 23 yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik shu tariqa OTMda darslar 1 fevralga qadar onlayn bo‘lishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
- Ma’lumot uchun, talaba-o‘quvchilarning o‘z ta’lim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23 yanvarga qadar uzaytirilgan.
- Eslatib o‘tamiz, qishki ta’tildan keyin oliygohlarda darslar 9 yanvardan boshlanishi kerak edi. Avvaliga qattiq sovuq tufayli 18 yanvarga ko‘chirilgan birinchi o‘qish kuni keyinchalik aksariyat hududlarda 23 yanvar kuniga surilgandi.
Mavzuga oid
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
22:25 / 14.04.2026
Urbanizatsiya, kadastr va geodeziya oliygohi ochiladi
10:20 / 13.04.2026
Oliy ta’limda chet elliklar uchun yangi grant dasturi ishga tushiriladi
10:00 / 13.04.2026