Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTBning O‘zbekiston bilan hamkorligi yangi strategiyasi tasdiqlanadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Erik Pinali bilan uchrashdi.
OTB xalqaro moliya institutlari orasida O‘zbekiston uchun muhim va strategik sheriklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda jami 2,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda OTBning O‘zbekiston bilan 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorligining yangi strategiyasini tasdiqlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
OTB O‘zbekiston milliy taraqqiyot strategiyasiga muvofiq tizimli islohotlarni amalga oshirishda konsultativ yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:47 / 31.12.2025