Jahon | 13:21 / 24.01.2023
15649
2 daqiqa o‘qiladi

ISW tahlilchilari Rossiya Ukrainada hujumga o‘tishini prognoz qilyapti

Foto: AP

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) tahlilchilarining fikricha, Rossiya yaqin oylarda, ehtimol, bahorda hujumkor operatsiyani boshlashi mumkin

Shu tariqa, ular Ukraina razvedkasining Rossiya harbiy rahbariyati 2023 yilning bahorida yoki yoz boshida yangi hujumga tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumotlarini tasdiqladi. 

Mutaxassislar Rossiyaning Eron bilan harbiy va iqtisodiy aloqalarini chuqurlashtirib, sanksiyalardan o‘zaro manfaatli ravishda qochishga intilayotganiga ham e’tibor qaratishmoqda.

Bundan oldin ISW agar Ukraina Rossiya qo‘shinlariga Baxmutni osongina egallashga imkon berganida, u o‘z mudofaasi uchun hozirgidan ancha yuqori narx to‘lagan bo‘lishini bildirgandi.

«Baxmutning o‘zi operativ yoki strategik ahamiyatga ega emas, ammo agar Rossiya qo‘shinlari uni nisbatan tez va osonlik bilan egallab olganida, ular Ukrainani shoshilinch ravishda kamroq qulay yerlarda mudofaa pozitsiyalarini jihozlashga majbur qiladigan hujum operatsiyalarini kengaytirishga umid qilishi mumkin edi», deb hisoblaydi ISW ekspertlari. 

Ularning ta’kidlashicha, Rossiya 2022 yilning may oyidan beri Baxmut hududiga kuchlari va texnikasini o‘tkazmoqda, biroq uning mudofaasiga jiddiy tahdid solishi mumkin bo‘lgan operatsion jihatdan muhim muvaffaqiyatlarga hali erishmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid