Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan hudud ma’lum qilindi
2022 yilda qaysi hududning tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘lgani ma’lum qilindi.
2022 yilda hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri egalladi — 19,5 mlrd AQSh dollari.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi hajmi mos ravishda 5,6 mlrd dollar hamda 4,3 mlrd dollarni tashkil etgan Toshkent viloyati va Andijon viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Samarqand viloyati — 2,4 mlrd;
- Farg‘ona viloyati — 2,1 mlrd;
- Namangan viloyati — 1,3 mlrd;
- Buxoro viloyati — 1,2 mlrd;
- Navoiy viloyati — 1,2 mlrd;
- Sirdaryo viloyati — 814 mln;
- Xorazm viloyati — 785,5 mln;
- Jizzax viloyati — 688 mln;
- Qoraqalpog‘iston R. — 612 mln;
- Qashqadaryo viloyati — 548 mln;
- Surxondaryo viloyati — 373 mln.
Mavzuga oid
18:16 / 27.02.2026
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMWda urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
10:35 / 27.02.2026
YPX xodimi urib ketilgan BMW'da o‘nlab qoidabuzarliklar sodir etilgan - IIBB
10:01 / 27.02.2026
Saida Mirziyoyeva: Transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi
08:26 / 27.02.2026