O‘zbekiston | 18:12 / 27.01.2023
8820
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchixonasi o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarini olqishladi

Qo‘shma Shtatlar mintaqaviy tinchlik va barqarorlik bo‘yicha hamkorlikka yuqori baho berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Bishkekdagi elchixonasi Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar, munosabatlar va hamkorlik masalalariga yuqori baho berdi.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari Qirg‘iziston va O‘zbekistonning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga sodiqligini namoyish etishdagi muvaffaqiyatli sa’y-harakatlarini olqishlaydi.

Bahsni emas, diplomatiya yo‘lini tanlagan ikki tomon Markaziy Osiyodagi hamkorlik iqtisodiy rivojlanish va aloqalarni mustahkamlash uchun zarur ekanini ta’kidlashdi», deyiladi elchixona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turibdi. U Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, shuningdek, qirg‘iz siyosatchilari, ishbilarmonlari bilan uchrashib, qator kelishuvlarga erishdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid