Iqtisodiyot | 20:18 / 27.01.2023
34132
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston YaIM 80 mlrd dollardan oshdi

2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga o‘sdi; jon boshiga YaIM 2 255 dollarga (+3,5 foiz) yetdi, deya ma’lum qildi Statistika agentligi.

Foto: Kun.uz

2022 yilda O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 888,34 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

2022 yilda AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha rasmiy kursi 11 051,2 so‘mga teng bo‘ldi. Shunga ko‘ra, mazkur kurs bo‘yicha hisoblangan YaIM hajmi 80 mlrd 384 mln dollarni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2022 yilda 5,7 foizga o‘sgan.

O‘tgan yili aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 24,9 mln so‘m yoki 2 255 dollarga yetgan. Bunda, yil davomidagi doimiy aholi soni o‘rtacha 35 mln 648 ming kishi deb olingan.

Aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi 2021 yilga nisbatan 3,5 foiz bo‘lgan.

Mavzuga oid