Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azal aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni boshladi
Azal kompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam reyslar haftada bir marta - shanba kunlari amalga oshiriladi. Urganch ushbu aviatashuvchi parvoz qila boshlagan Toshkent, Samarqand va Farg‘onadan keyingi to‘rtinchi shahar bo‘ldi.
28 yanvar kuni soat 22:33 da Ozarbayjonning Azal aviakompaniyasi samolyoti Urganchga kelib qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Boku–Urganch–Boku yangi parvoz yo‘nalishini ochgan, bortida 99 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Airbus A319 samolyoti an’anaga ko‘ra kutib olindi. Muntazam reyslar haftada bir marta – shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Urganch O‘zbekistonning Azal yo‘nalishlar tarmog‘idagi to‘rtinchi shahriga aylandi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya Bokudan Toshkentga (dushanba, chorshanba, shanba va yakshanba), Samarqand (seshanba va juma kunlari) va Farg‘onaga (payshanba kunlari) ham qatnovlarni amalga oshirmoqda.
Urganch–Boku va Boku–Urganch yo‘nalishidagi aviaqatnov chiptalari narxi 184 dollardan boshlanadi va aviakompaniya saytida sotilmoqda.
1992 yilda tashkil etilgan Ozarbayjon havo yo‘llari (Azal) aviakompaniyasi yirik aviatashuvchi bo‘lib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo‘lgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:47 / 24.02.2026
Urganch–Xiva pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
23:12 / 14.01.2026