Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prigojin vagnerchilar Baxmut yaqinidagi posyolkani egallaganini aytdi
Ukraina tomoni bu ma’lumotni tasdiqlamagan.
Foto: RIA Novosti
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Baxmutdan shimolda joylashgan Blahodatnoye qishlog‘ini egallagan. Bu haqda ushbu XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi.
«Vagner» XHK bo‘linmalari Blahodatnoyeni egalladi. Blahodatnoye bizning nazoratimiz ostida», — deyiladi uning matbuot xizmati xabarida.
Rossiya mudofaa vazirligi Prigojinning bu so‘zlarini tasdiqlamagan.

Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi esa 29 yanvar kuni ertalabki hisobotida Blahodatnoyeni dushman hujumlari bartaraf etilgan aholi yashash manzillaridan biri sifatida keltirgan. Svodkada qayd etilishicha, ukrain harbiylari Donetsk oblasti sharqidagi yana 13 ta aholi yashash manzilida Rossiya tomonidan qilingan hujumlarni qaytargan.
- Blahodatnoyeni ushlab turish Ukraina qurolli kuchlari uchun o‘ta muhim. Blahodatnoye Soledar va Baxmut o‘rtasida, Baxmutni Seversk bilan bog‘lovchi trassa yoqasida joylashgan. Agar bu trassa nazorati rossiyalik harbiylarga o‘tsa, Baxmut mudofaasidagi ukrain armiyasi ta’minotida jiddiy muammolar tug‘ilishi mumkin.
- Baxmut uchun janglar 2022 yil iyulidan buyon davom etmoqda. Yanvar oyi o‘rtalarida Rossiya tomoni kamida uch marta Soledar shahri egallangani haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari rahbariyati esa faqat 25 yanvar kuniga kelib ukrain qo‘shini ushbu shahardan olib chiqilganini tasdiqladi.
- 19 yanvar kuni Yevgeniy Prigojin vagnerchilar Baxmutdan 5 kilometr janubda joylashgan Kleshchiyevka shaharchasini egallagani haqida xabar bergandi. Keyingi kuni esa RF mudofaa vazirligi esa ham bu ma’lumotni tasdiqladi. Ukraina tomoni bu xabarlarga munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid
14:41 / 13.12.2025
Ukraina: Kaspiyda Rossiyaning qurol tashigan ikki kemasiga hujum qilindi
14:23 / 13.12.2025
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
14:06 / 13.12.2025
Moskva Zelenskiyning Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etdi
13:16 / 13.12.2025