Jamiyat | 08:17 / 29.01.2023
34749
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yoshlar muz yorilishi oqibatida suvga tushib ketdi (video)

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ro‘parasida joylashgan xiyobonda paydo bo‘lgan muzli «ko‘l» yorilib ketib, uning ustida bo‘lgan yoshlar muzday suvga tushib ketdi.

Foto: Videodan skrinshot

Samarqand shahridagi «Alisher Navoiy» istirohat bog‘ida 28 yanvar kuni bir guruh yoshlar muz yorilishi oqibatida suvga tushib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikki yigit va bir qiz muz ostidan tortib olinayotganini ko‘rish mumkin. Ularga yordam bermoqchi bo‘lganlar ham suvga tushib ketishgan. 

Bundan avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga ko‘llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etgandi. O‘zbekistondagi ko‘llarning muz qoplamalari qalin bo‘lmagani sababli yorilish ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uchayotganlar hayoti uchun xavfli bo‘lishi aytilgan.

Mavzuga oid