Jahon | 16:41 / 30.01.2023
13323
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Kursk viloyatiga qo‘shimcha bo‘linmalarni yuboradi

Foto: RIA Novosti

Yaqin kunlarda Kursk viloyatiga davlat chegarasini qo‘riqlash uchun yangi bo‘linmalar keladi, deb ma’lum qildi viloyat gubernatori Roman Starovoyt viloyat hukumatining tezkor yig‘ilishida

«Harbiy xizmatchilarimiz davlat chegarasini qo‘riqlash va hududlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vazifalarni tezkorlik bilan bajarishga kirishishlari uchun Kursk viloyati hududida bo‘lgan qo‘shimcha kuch va vositalarni qabul qilish, joylashtirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur», dedi u.

Bundan oldin Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt yanvar oyining birinchi haftasida «Vagner» XHK lagerida o‘qitilganini aytgandi. 

Starovoyt 8 yanvar kuni Telegram-kanalida e’lon qilingan postda u bilan birga lagerda viloyat hokimligi mutasaddilari va xalq otryadi ko‘ngillilari shug‘ullangani haqida yozgan. Gubernator yollanma jangchilar lagerida olingan videoni ham e’lon qildi. U harbiy kiyimdagi Starovoytning harbiy kiyimda va qo‘lida avtomat bilan tank minib ketayotgan kadrlarda tugaydi.

XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning ta’kidlashicha, Starovoyt «barcha jangchilar bilan birga bir xil kazarmada uxlagan holda» kursda o‘qigan va jangchilar bu Kursk gubernatori ekanligini bilishmagan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv kursidan so‘ng Starovoytga vagnerchilar bilan shartnoma imzolash taklif qilingan, biroq «hozirda uning mehnat majburiyatlari borligi ma’lum bo‘lgan».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid