OKMK: yanvar oyida eksport rejasi 131% ga bajarildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yilning yanvar oyi eksport rejasini 131% ga bajardi. Aytish joizki, OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Polsha, Tojikiston, Niderlandiya, Xitoy kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Shuningdek, kombinat mahsulotlari yangi bozorlarga xususan, Senegal, JAR, Avstriya, Ispaniya, Finlandiya va Singapur kabi davlatlarga ham mahsulotlar yuborilmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida 45,1 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 29,1 mln dollarlik mis mahsulotlari (3,4 ming tonna), 6,6 mln dollarlik rux metali (2,1 ming tonna) va 9,4 mln dollarlik boshqa turdagi mahsulotlar eksport qilindi.
E’tiborlisi, Niderlandiya davlatiga 8,8 mln dollarlik (126 tonna) molibden mahsulotlari eksporti amalga oshirildi, bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 180% ni tashkil etdi.
So‘nggi paytlarda nodir metallar, molibden va volfram mahsulotlariga dunyo bozorida talab ortib bormoqda. Bunda kombinatning Samarqand viloyatida joylashgan Ingichka konidagi texnogen chiqindilaridan volfram metalini olishni boshlagani muhim ahamiyat kasb etadi.
OKMK Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 02.11.2024
OKMKning 75 yilligi: O‘zbekiston sanoat faxri bo‘lgan kombinatda yirik o‘zgarishlar
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024
Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi
17:00 / 30.08.2024