Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Slovakiya elchisi etib tayinlangan Viktor Boretskiyni qabul qildi.
Foto: TIV axborot xizmati
Uchrashuv davomida Slovakiya diplomatik vakolatxona rahbarining ishonch yorliqlari nusxasini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar doirasida iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi. Ta’kidlanganidek, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari ikki mamlakatning mavjud iqtisodiy imkoniyatlari, inson va ishlab chiqarish resurslari darajasiga muvofiq emas. Shu nuqtayi nazardan, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Slovakiya idoralararo komissiyasining majlisini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Elchi rasmiy Bratislava O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzishni jadallashtirishda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashildi. Qo‘shma tadbirlar va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflarning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.
Viktor Boretskiy Slovakiyaning Toshkentdagi elchixonasiga besh yil rahbarlik qilgan Yan Bori o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
11:15 / 17.02.2026
Vengriya va Slovakiya Xorvatiyadan Rossiya neftini yetkazib berishni so‘ramoqda
18:20 / 15.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi
19:00 / 12.02.2026