Iqtisodiyot | 09:02 / 01.02.2023
7518
2 daqiqa o‘qiladi

YeTTB yillik yig‘ilishi joriy yil Samarqandda o‘tkaziladi

O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va O‘zbekiston o‘rtasida YeTTB Boshqaruvchilar kengashi 32-yillik yig‘ilishini joriy yil 16-18 may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi/

Foto: Dunyo

Imzolangan hujjat bankka a’zo 73 ta davlatdan 1 ming 500 dan ortiq mehmon ishtirok etadigan YeTTB yillik yig‘ilishi va biznes-forumga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirlarni o‘tkazish va yoritish bo‘yicha har bir tomonning aniq tashkiliy vazifalarini belgilaydi

Tadbirning asosiy mavzusi iqtisodiyot barqarorligiga sarmoya kiritish bo‘ladi. Yig‘ilish davomida bankka a’zo mamlakatlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biznes-forumda makroiqtisodiy vaziyat, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda xususiy sektor va davlatning roli, hududlararo munosabatlar, iqtisodiy integratsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, raqamlashtirish va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan ekspertlar ishtirokida muhokama qilinadi.

YeTTB yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazish uchun ariza O‘zbekiston tomonidan 2019 yilda taqdim etilgan. O‘sha YeTTB delegatsiyasi yillik yig‘ilishni mamlakatda o‘tkazish imkoniyatini ijobiy baholagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid