Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Yevropa Ittifoqining «Yagona bozor» dasturida ishtirok etadi
Ukraina Yevropa Ittifoqining «Yagona bozor» dasturida ishtirok etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deb xabar berdi Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal Facebook'da.
«Dastur budjeti 4,2 milliard yevroni tashkil etadi va uning asosiy tarkibiy qismlaridan biri biznesning raqobatbardoshligini rivojlantirishdir.
Bizning ushbu loyihadagi ishtirokimiz iqtisodiyotimizning asosi bo‘lgan ukrainalik tadbirkorlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi», - dedi Shmixal.
2021 yildan 2027 yilgacha amal qiladigan «Yagona bozor» dasturi Yevropa Ittifoqi davlatlarining ichki bozorlariga kirishni soddalashtirish, biznes va uning rivojlanishi, kompaniyalar va iqtisodiyotning butun tarmoqlari raqobatbardoshligi hamda barqarorligini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026