O‘zbekiston | 10:03 / 06.02.2023
5377
1 daqiqa o‘qiladi

Piter Siyyarto O‘zbekistonga keladi

9 fevral kuni Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Foto: Dunyo

9 fevral kuni Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Piter Siyyarto O‘zbekistonga keladi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Shuningdek, Piter Siyyarto O‘zbekistonning boshqa vazirlik va idoralarida muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid