O‘zbekiston | 16:31 / 06.02.2023
6513
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhi jo‘natadi.

6 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari bugun Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi. Birodar Turkiya xalqiga, vafot etganlar va jabrlanganlarning oilalari va yaqinlariga dalda so‘zlari bildirildi.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 7 fevral kuni O‘zbekistondan Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhi jo‘natilishi rejalashtirilgan.

Ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

  • 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,8 balli kuchli zilzila ro‘y berdi va mamlakat janubi hamda Suriya shimolida minglab binolar qulab, minglab kishilar halok bo‘ldi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid