9 yoshli amerikalik maktabni tugatgan eng yosh bitiruvchilardan bo‘ldi
U kollejning 1 semestrini ham tamomlashga erishdi.
Amerikada 9 yoshli bolakay o‘rta maktabni muddatidan oldin tamomladi. U tarixdagi eng yosh bitiruvchilardan biri bo‘ldi, deb yozdi Complex.
Devid Balogun o‘z uyi yonida joylashgan Reach Cyber maktabi diplomini oldi. O‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bola dasturlashga eng ko‘p qiziqish bildirgan. Bitiruvchining o‘zi qora tuynuklar va o‘ta yangi yulduzlarni o‘rganish uchun astrofizik bo‘lishni rejalashtirayotganini tan oldi.
«U to‘qqiz yoshli bola, ammo miyasi dunyoning ko‘plab konsepsiyalarini tushunishga qodir», dedi Devidning onasi.
Bundan tashqari, Balogun jang san’ati bo‘yicha qora belbog‘ sohibi bo‘lish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda va bo‘sh vaqtida pianino chalishni yoqtiradi. Maktabni tugatganidan so‘ng, bola mahalliy kollejda bir semestrni tamomlashga ham erishgan. Ayni damda Devidning oilasi uning o‘qishi uchun eng yaxshi joy qidirmoqda.
Oldest.org ma’lumotlariga ko‘ra, 9 yoshida maktabni tugatgan yana ikki nafar bola bor. Balogundan ham ertaroq maktabni tamomlagan bola Maykl Kirni bo‘lib, 1990 yilda 6 yoshida bo‘lgan. U o‘rta maktabni tugatgan eng yosh bitiruvchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024