O‘zbekiston | 08:03 / 08.02.2023
2542
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Fransuz alyansi ochiladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va 2023 yilda rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi. Davlat rahbarining Fransiyaga oliy darajadagi tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, Samarqandda Fransuz alyansini ochish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Elchi Fransiya uchun O‘zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikda ta’lim sohasi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligiga urg‘u berdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida Fransiya bilan turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid