O‘zbekiston | 09:04 / 09.02.2023
4007
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi  Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlotni qabul qildi.

Foto: Dunyo

Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlashni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.

Uchrashuv kun tartibidan fan-ta’lim yo‘nalishidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish va parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlash masalalari ham o‘rin oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid