O‘zbekiston | 13:27 / 09.02.2023
10241
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda temiryo‘lga ko‘chki tushdi. Poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan

Bugun, 2023 yil 9 fevral kuni soat 06:10 da «Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeli» unitar korxonasiga qarashli Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ining 103-km 5-6 piket qismida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi. 

«O‘zbekiston temiryo‘llari» xabariga ko‘ra, tuproq ko‘chkisi sababli poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Hozirgi paytda ushbu holatni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar ushbu hududga yetib kelgan va 3 dona ekskavator, 7 dona samosval, 2 dona buldozer, va boshqa texnikalar jalb etgan xolda tuproq ko‘chkilarini temiryo‘l izidan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Poyezdlar harakatini tiklash haqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid