Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda 4 ta sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari, o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik qiluvchi organlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jumladan, 2023 yilda ularning muntazam uchrashuvlarini tashkil etish zarurligini qayd etdilar.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasida raqamlashtirish, «yashil» iqtisodiyot, energetika, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026