O‘zbekiston | 18:14 / 10.02.2023
5281
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistonda migratsiyaga tayyorlovchi markazni ochadi

Markazda Rossiya qonunchiligida ko‘zda tutilgan bir qator xizmatlar (daktiloskopiya, suratga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish) ko‘rsatiladi.

Foto: AP

Rossiya 2023 yilda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya TIV MDH davlatlari departamenti direktori Aleksandr Sternik «RIA Novosti»ga ma’lumot berdi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonda migratsiyaga tayyorlovchi markazlarni ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

«Qonunchiligimizga muvofiq, bu markazlar Rossiyaga borishni xohlovchilarga bir qator xizmatlarni (daktiloskopiya, suratga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish) ko‘rsatadi», dedi Sternik.

Bundan tashqari, diplomatning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik ish beruvchilar uchun ishchi yollash va zarur tibbiy xulosalarni tayyorlash bo‘yicha maslahatlar beriladi.

«Bir so‘z bilan aytganda, biz shiddatli migratsiya oqimini tartibga solish uchun hamkorlik qilamiz, bu umumiy manfaatdir. 2023 yil oxirigacha O‘zbekiston, Qirg‘iziston va, ehtimol, Tojikiston bilan hukumatlararo tegishli bitimlar imzolanishiga umid qilamiz», deb qo‘shimcha qildi u.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid