Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘g‘irlab ketilgan Kia Seltos avariyaga uchradi
Mashinasini ochiq qoldirib, do‘konga kirib ketgan fuqaro qaytib chiqib ulovini topa olmagan. Mashinani mast holdagi erkak olib qochib, avtohalokat sodir etgan.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida Yangi Sergeli ko‘chasidagi bekat oldidan Kia Seltos avtomobili o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Haydovchi avtomobilni o‘t oldirilgan holda, qulflamasdan, do‘konga kirib ketgan. O‘g‘ri ana shu paytda mashinani haydab qochgan.
Ichki ishlar xodimlari bu jinoyatda gumon qilib 1986 yilda tug‘ilgan Javlon ismi fuqaroni qo‘lga oldi. Avtomobil esa Yangihayot tumanidan topildi.
Fuqaro mast holatda bo‘lgani, eshigi ochiq va o‘t olgan holda turgan mashinani haydagisi kelib qolganini aytgan.
“Aybimga iqrorman, qilgan ishimdan pushaymonman”, degan u.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor qamoqqa olingan.
Mavzuga oid
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
09:45 / 10.06.2026
Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloq qutqarib qolindi
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
09:00 / 07.04.2026