O‘zbekiston | 08:03 / 10.02.2023
2274
2 daqiqa o‘qiladi

Turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga doir ta’lim loyihasi amalga oshiriladi

Poytaxtda Germaniyaning «O‘zbekistonda turizm va mehmondo‘stlikni rivojlantirish loyihasi» taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov so‘nggi yillarda turizm sohasi jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

- Maqsadimiz - turizmda xizmat ko‘rsatish sohasini yangi bosqichga olib chiqish,  turizm sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, ko‘lamini kengaytirish, - dedi Ulug‘bek A’zamov. - Germaniya va O‘zbekiston otelerlar uyushmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha mehmonxona boshqaruvi sifatini yangi bosqichga olib chiqish va O‘zbekistonda mehmonxona boshqaruvida Germaniya tizimini joriy qilishga qaratilgan. O‘ylaymanki, bu 2023 yildagi asosiy yo‘nalishlarimizdan biri bo‘ladi.

Germaniya elchisi Tilo Klinner taqdim qilinayotgan loyiha O‘zbekiston uchun juda muhim ekanligini qayd etdi.

- O‘zbekiston o‘z madaniyati, qadriyatlari, obidalari bilan Yevropa, xususan, Germaniya fuqarolarini ham o‘ziga jalb qilmoqda, - dedi elchi. - Bu jarayonda esa turizm sohasida sifatli ta’limni oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sifatli ta’lim turizm sohasiga kirib kelayotgan yosh kadrlarga kerakli ko‘nikma va tajriba to‘plashga imkoniyat yaratadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid