Jahon | 18:59 / 10.02.2023
14161
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda dunyodagi eng yirik loy vulqonlaridan biri otila boshladi

Yer ostidan tuproq, suv, neft, cho‘kindi jinslar aralashmasidan iborat loy otilib chiqmoqda, havoga vodorod sulfidi hidi tarqalyapti.

Foto: AP

Turkmaniston janubi-g‘arbiy qismida dunyodagi eng faol va eng yirik loy vulqonlaridan biri bo‘lgan Oqpotlovuq otilishni boshladi.

Otilish paytida kraterdan chuqur xo‘rsinishga o‘xshash tovush eshitiladi. Yer ostidan tuproq, suv, neft, cho‘kindi jinslar aralashmasidan iborat loy otilib chiqadi, havoga vodorod sulfidi hidi tarqaladi.

Ekolog Meretdurdi Kichimov so‘zlariga ko‘ra, vulqon turli sabablarga ko‘ra uyg‘onishi mumkin.

«Ehtimol, gazlar biror joyda to‘plangan, shuning uchun yerosti suvlari vulqon ichiga faol kirib bormoqda. Ular toshni yumshatadi, loyga aylantiradi. Hozircha bunday otilish xavfsiz. Otilish qancha davom etishini oldindan aytish qiyin. Lekin odatda bir necha kun davom etadi», dedi Kichimov.

Oqpotlovuq vulqoni balandligi taxminan 80 m, markaziy qismida diametri taxminan 150 m bo‘lgan faol gaz-loy ko‘li mavjud. Vulqondan otilgan balchiq-loydan tibbiyot maqsadida foydalaniladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid