Iqtisodiyot | 10:21 / 11.02.2023
24129
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Vengriya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etiladi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Tomonlar Vengriya TIV huzuridagi Sanoat parklarini rivojlantirish Milliy agentligi bilan birgalikda O‘zbekistonda Vengriya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini tashkil etish choralarini ko‘rishga kelishib oldi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida haftasiga to‘rttagacha reys tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Vengriya OTP bankining O‘zbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib kelgani yuqori baholandi. Bank O‘zbekistonda yangi kompaniyalarni jalb qilish va qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish orqali faoliyatini kengaytirishga qiziqayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro sodiqligini bildirdilar va joriy yilning birinchi yarmida Budapesht shahrida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishini va biznes-forumni o‘tkazishga kelishib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid