Rossiya narx chegarasiga javoban neft qazib olishni qisqartiradi
Neft qazib olishning kuniga 500 ming barrelga qisqarishi «bozor munosabatlarini tiklash» uchun mo‘ljallangan, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak.

Foto: Depositphotos
G‘arb davlatlarining Ukrainadagi urush tufayli neft narxini cheklashiga javoban Rossiya mart oyida neft ishlab chiqarishni kuniga 500 ming barrelga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10 fevral, juma kuni bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Bugungi kunda biz ishlab chiqarilgan neftning butun hajmini to‘liq sotmoqdamiz, ammo, avvalroq aytib o‘tilganidek, neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita «narxning yuqori chegarasi» tamoyillariga amal qilganlarga sotmaymiz», - deya Rossiya axborot agentliklari Novakdan iqtibos keltiradi. Shu munosabat bilan Rossiya bozor munosabatlarini tiklashga yordam berish uchun mart oyida ishlab chiqarishni ixtiyoriy ravishda 500 ming barrelga qisqartiradi.
Novakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada neft qazib olishni qisqartirish qarori xalqaro hamkorlar bilan maslahatlashmasdan, ixtiyoriy ravishda qabul qilingan. Shu bilan birga, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning Moskva mart oyidagi rejalarini sheriklari bilan muhokama qildimi, degan savoliga javob berar ekan, «OPEK+ guruhining bir qator ishtirokchilari bilan suhbat bo‘ldi», dedi.
Novakning bayonotidan keyin neft narxi 2 foizdan ko‘proqqa ko‘tarildi. Juma kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00 da Londonning ICE birjasida Brent markali neftning aprel fyucherslari narxi bir barrel uchun 86,38 dollarni tashkil etdi, bu avvalgi sessiya yopilish narxidan 2,2 foizga yuqori. Nyu-York tovar birjasining (NYMEX) elektron savdolarida WTI neftining mart fyucherslari ham shu vaqtga kelib 2,2 foizga oshib, bir barreli uchun 79,78 dollarni tashkil qildi.
5 dekabrdan boshlab Yevropa Ittifoqi, G7 ("Katta yettilik") mamlakatlari va Avstraliya tomonidan joriy qilingan Rossiya neftining barreliga 60 dollar darajasidagi narx chegarasi kuchga kirdi. 5 fevraldan Rossiyadan neft mahsulotlari narxini cheklash ham kuchga kirdi - xomashyo turiga qarab bir barrel uchun 45 va 100 dollar darajasida.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
-
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti
Jahon | 13:25
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
Mavzuga oid

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025