Ukraina: Rossiya harbiylari havo sharlarini uchirdi
Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar burchakli qaytaruvchiga ega bir nechta havo sharlari va dronlarni uchirgan.
Rossiya harbiylari burchakli qaytaruvchiga ega bir nechta havo sharlarini uchirdi. Bu haqda 12 fevral, yakshanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari vakillari Telegram’da ma’lum qildi.
Ularning ma’lumotiga ko‘ra, uchuvchisiz razvedka apparati (URA) ham qo‘llangan. Ukrainaning «Vostok» tezkor havo qo‘mondonligining havo hujumidan mudofaa tizimi ishlab ketdi, deyiladi xabarda. «Natija aniqlanmoqda», — deb ma’lumot berdi Ukraina Harbiy-havo kuchlari.
Shu bilan birga, ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 12 fevral kuni kechqurun Ukrainaning Dnipropetrovsk viloyatida RF Qurolli kuchlari tomonidan Shahed kamikadze dronlaridan foydalangani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignat butun mamlakat bo‘ylab telemarafon efirida shunday degan edi: «Ehtimol, bular AQShdagi kabi havo sharlari emasdir, lekin havo mudofaasini yo‘q qilish yoki boshqa maqsadlar uchun havo sharlarini uchirish mumkin».
Burchakchi qaytaruvchi - unga tushgan nurlanishni teskari yo‘nalishda yuboradigan qurilma. U optik va radio to‘lqinlarni aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin.
12 fevral kuni kechqurun Ukraina sharqidagi bir qator viloyatlarda havo trevogasi e’lon qilindi.
AQSh Harbiy-havo kuchlari va Milliy gvardiya samolyotlari 12 fevral kuni Kanada bilan chegara yaqinidagi Guron ko‘li uzra osmonda noma’lum obektni urib tushirdi, deb xabar berdi AQSh Kongressi Vakillar palatasining Michigan shtatidan (demokrat) a’zosi Elissa Slotkin Twitter’da.
AQSh prezidenti Jo Bayden amerikalik harbiylarga «ehtiyotkorlik uchun» obektga zarba berishni buyurdi, dedi ma’muriyatning yuqori martabali rasmiysi. U yerdagi infratuzilmaga harbiy xavf tug‘dirmaydigan sakkiz burchakli inshoot edi, deya xabar beradi AFP agentligi. Uning so‘zlariga ko‘ra, obekt baribir fuqaro aviatsiyasi uchun xavf tug‘dirishi mumkin, chunki u Michigan ustidan taxminan 6000 metr balandlikda uchib o‘tgan.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024