Prigojin «trollar fabrikasi» asoschisi ekanini tan oldi
Bungacha u Rossiya tashviqot postlarini yozish bilan shug‘ullangan «trollar fabrikasi»ga aloqasi yo‘qligini ta’kidlab kelgan edi.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ommaviy axborot vositalarida «trollar fabrikasi» deb ataladigan «Internet tadqiqotlari agentligi»ning asoschisi ekanini tasdiqladi. Ushbu tashkilot xodimlari tashviqot postlarini yozish bilan shug‘ullangan.
«Men «Internet tadqiqotlari agentligi»ning faqat moliyachisi bo‘lmaganman. Men uni o‘ylab topdim, yaratdim, uzoq vaqt boshqardim. U Rossiya axborot makonini G‘arbning g‘arazli tajovuzkor targ‘ibotidan himoya qilish uchun yaratildi», dedi Prigojin.
Avvalroq Prigojin o‘zini «Internet tadqiqotlari agentligi» asoschisi deb atagan ommaviy axborot vositalari bilan sudlashgan. Xususan, Prigojin o‘zi va «trollar fabrikasi» o‘rtasidagi aloqasi borligi yozilgan maqolani tuhmat deb atab, Britaniyaning The Guardian gazetasi va Buyuk Britaniya davlat raqamli xizmati bosh ijrochi direktori Tom Ridni sudga bergan edi.
Prigojin, shuningdek, «Vagner» XHK bilan aloqasi borligini ko‘rsatgan jurnalistlarni ham sudga bergan, ammo keyinchalik haqiqatan ham uning asoschisi ekanini tan oldi. Prigojin buni «Vagner» faoliyati sir tutilishi kerakligi bilan izohladi.
«Bir paytlar men Venediktov va boshqalarni sudga berishim kerak edi, chunki maxfiylik sababli «Vagner» mavjud emasligini aytish zarurati bor edi. «Vagner» qilgan ish har doim ham ommaviy bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, «Vagner»ning ham Rossiyada, ham chet elda har doim ko‘plab dushmanlari va hasadgo‘ylari bo‘lgan. Bugun «Vagner» to‘g‘risida sukunat rejimi o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi, endi men o‘rtoq Venediktovga sudda g‘alabani taqdim etishdan mamnunman. Va agar istak bo‘lsa, men yutib chiqqanlarning barchasiga», dedi Prigojin.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024