Baxmutdagi ukrain askarlari, Donbassdan shoshilinch evakuatsiya. Urush suratlari
Ukrainada urushning 356-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF TIVdagilar Moldovaning Rossiya ushbu mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirmoqchi ekani haqidagi bayonotini «asossiz va dalillanmagan» deb atadi.
- General-leytenant Oleksandr Pavlyuk Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, u urush boshida Kiyev mudofaasiga rahbarlik qilgandi. Shuningdek, Reznikov Pavlyukdan tashqari Ukrainaning Kanadadagi sobiq elchisi Andrey Shevchenko va «Vernis jivym» xayriya tashkiloti asoschisi Vitaliy Deyneganing nomzodlarini ham o‘z o‘rinbosarligi uchun ko‘rsatgandi.
- «DXR» hududida mahalliy rasmiylar buyrug‘i bilan YouTube faoliyati sekinlashtirildi. Shuningdek Google xizmatlarini to‘liq bloklash jarayoni boshlandi — Android gadjetlari egalari endi Google Play’dan ilovalar ko‘chirib ololmaydi.
Baxmutdagi vaziyat
G‘arb harbiy ekspertlari hisobotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining Baxmutdagi holati (Donetsk oblastidagi bu shahar uchun yarim yildan buyon og‘ir janglar ketmoqda) borgan sari yomonlashmoqda. AQSh prezidenti ma’muriyati Milliy xavfsizlik kengashi qayd etishicha, rossiyalik harbiylar «so‘nggi 24–48 soatda bosqichma-bosqich ilgarilagan», ammo Baxmutning olinishi urushning borishida strategik ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti mutaxassislari esa, aksincha, Ukraina qurolli kuchlarining shaharni oxiriga qadar mudofaa qilish qarori strategik asoslangan deb hisoblaydi, chunki bu shahar uchun janglarda Kreml yurish uchun katta miqdordagi resurslarni sarflashga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, amerikalik mudofaani rejalashtirish bo‘yicha ekspertlar qayd etishicha, Baxmut mudofaasi uchun juda katta kuch tashlash tufayli Ukraina bahorda yirik qarshi hujum boshlay olmasligi mumkin — tahlilchilar fikricha, Ukraina qo‘mondonligi hozirda birinchi navbatda bahorgi yurishga asosiy e’tiborni qaratishi darkor.
14 fevral kuni «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut uchun janglarni «og‘ir» deb atadi va buni «qirpichoq» bilan tenglashtirdi. Avvalroq Prigojin shaharning olinishi Rossiya qo‘shinlariga «qulayroq sharoitlarda harakatlanish» imkonini taqdim etishi haqida gapirgandi. RF mudofaa vazirligi o‘zining so‘nggi svodkasida Baxmut haqida eslab o‘tmagan.
Volodimir Zelenskiy ukrainlar Baxmutni qancha zarur bo‘lsa shuncha vaqt davomida mudofaa qilishini aytgan va Ukraina qurolli kuchlariga shaharni G‘arbning yangi harbiy texnikalari yetib kelguniga qadar ushlab turishni buyurgan.
Rossiyaning Donetsk oblastidagi yurishi fonidagi evakuatsiya
Ukrain harbiylarining Donetsk oblastidagi front chizig‘idagi pozitsiyasi
Mavzuga oid
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
14:56 / 12.11.2024