Borrel: Kiyevga qurol yetkazib berish diplomatiya bilan birga kechishi kerak
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel diplomatiyani Ukrainaga qurol sotish bilan birgalikda tinchlikka erishishning yaxshi yo‘li deb bilishini ma’lum qildi.
Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish bilan bir vaqtda tinchlikni tezlashtirish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirish kerak, dedi Borrel Strasburgdagi Yevropa parlamentining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida.
Uning fikricha, biri ikkinchisiga zid kelmaydi, aksincha, bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi kerak.
Shu bilan birga, Borrel Yevropa Ittifoqining Ukrainaga harbiy yordamini oshirishga chaqirib, Kiyevga tank yetkazib berish bo‘yicha va’da qilingan muddat kechikayotganini ta’kidladi.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqi davlatlarining Ukrainaga qo‘shin yuborishi «kun tartibida emas va hech qachon bo‘lmagan», deb ma’lum qilgandi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u Yevropa davlatlarining harbiy xizmatchilari Ukraina harbiylarini, xususan, G‘arb tanklari uchun maxsus ekipajlarni tayyorlashga jalb etilganini tasdiqladi.
«Ularning mashg‘ulotlari Yevropa Ittifoqi harbiy missiyasi doirasida Polsha va Germaniyadagi o‘quv lagerlarida allaqachon boshlangan. Bu avtomobil haydashni o‘rganishga o‘xshamaydi, bu bir necha haftalik o‘ta maxsus tayyorgarlikni talab qiladi», deb tushuntirdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Mavzuga oid
12:17 / 13.11.2024
Kiyev YePni Rossiyadan bolalarni qaytarishda yordam berishga chaqirdi
10:13 / 11.11.2024
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
14:04 / 06.11.2024
Kiyev KXDRning Rossiyaga harbiy yordamiga qat’iy javobni talab qilmoqda
10:30 / 31.10.2024