Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qo‘shinlari bir kechada Ukraina hududiga 32 ta raketa uchirdi
Rossiya qo‘shinlari kecha tunda navbatdagi o‘q uzish chog‘ida Ukraina hududiga havo va dengizdan 32 ta qanotli raketalarni uchirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari xabar berdi.
UQK Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina havo mudofaasi 14 ta X-101/X-555, «Kalibr» qanotli raketalarini hamda ikkita X-59 boshqariladigan raketalarini yo‘q qilgan, biroq bir nechta X-22 raketalari o‘z nishonlariga yetib borgan.
Ular Ukraina shimoli va g‘arbidagi, shuningdek, Dnipropetrovsk va Kirovograd viloyatlaridagi muhim infratuzilma obektlariga zarba berdi, deb xabar qildi Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegram’da.
«Rossiyaliklar taktikani biroz o‘zgartirdi. Ular soxta nishonlardan foydalanib, faol razvedka ishlarini olib borishmoqda», - deb yozadi u.
Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Pavlogradda raketa hujumi oqibatida 79 yoshli ayol halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi jarohatlangan. 50 ta turar joy binosi va bitta korxona zarar ko‘rgan.
Lviv viloyatida muhim infratuzilma obekti shikastlangan. Bundan tashqari, Poltava va Kirovograd viloyatlaridagi Kremenchug va Kropivnitskiyga zarbalar berildi.
Mavzuga oid
10:35
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026