Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ma’lumotlarning ochiqligi reytingida 40-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston bu reytingda Rossiya, Qozog‘istondan ham oldinda.
O‘zbekiston statistika ma’lumotlar ochiqligi reytingida 40-o‘rinni egalladi. Bu haqda Open Data Watch tashkiloti xabar berdi.
O‘zbekiston bu reytingda 66 ball to‘plagan.
Ochiq ma’lumotlar reytingi (Open Data Inventory, ODIN) mamlakatning statistik ma’lumotlari qanchalik to‘liqligini va ularning xalqaro ochiqlik standartlariga mos kelishini baholaydi.
Taqqoslash uchun, ushbu reytingda Qirg‘iziston 51 ball bilan 89-, Qozog‘iston 64 ball bilan 48-, Tojikiston 42 ball bilan 120-, Rossiya 61 ball bilan 52-, AQSh 71 ball bilan 22-o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda Singapur, ikkinchi o‘rinda Daniya va Finlandiya joylashgan.
Turkmaniston 1 ball bilan so‘nggi – 192-o‘rinda qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026