Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington Qrimdagi harbiy obektlarga zarba berishni qo‘llab-quvvatladi
AQSh Ukraina hech bo‘lmaganda Qrim demilitarizatsiya qilinmasa, hech qachon xavfsiz bo‘lmaydi, degan fikrda. Bu haqda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Kiyevning Qrimdagi harbiy obektlarga zarbalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
AQSh va uning ittifoqchilari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarining bir yilligi munosabati bilan Moskvaga qarshi yirik sanksiyalar paketini joriy qiladi, deb xabar berdi AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland.
«24 fevralga yaqinroq siz AQSh va G7’dagi barcha hamkorlarimiz tomonidan joriy etiladigan katta yangi sanksiyalar paketini ko‘rasiz», dedi Nuland jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sanksiyalar avvalgi cheklovlarni, xususan, Rossiya mudofaa sanoatiga texnologiyalar yetkazib berishni «chuqurlashtiradi va kengaytiradi».
G‘arb davlatlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan yoki uni qo‘llab-quvvatlagan shaxslarga ham shaxsiy sanksiyalar tayyorlamoqda. Rossiya Federatsiyasiga allaqachon kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan davlatlar ham cheklovlarga duch kelishi mumkin.