Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Baydenga Kiyevga tashrifi davomida xavfsizlik kafolatini bermadi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan 20 fevral kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida Rossiya tomoni AQSh prezidenti Jo Baydenga xavfsizlik kafolatlarini bermaganini tasdiqladi. Bu haqda avvalroq Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov ma’lum qilgan edi.
Sallivan so‘zlariga ko‘ra, AQSh Baydenning tashrifi haqida Rossiyani xabardor qilgan, ammo xavfsizlik bo‘yicha hech qanday kafolat olmagan.
«Oddiy xabarni jo‘natdik va uning qabul qilingani haqida tasdiqnoma oldik. Hech qanday kafolatlar berilmadi. Biz bildirishnoma yubordik. Ular olinganini tasdiqladi. Bor gap shu», dedi u.
Jo Bayden 20 fevral kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi. Bloomberg ta’kidlaganidek, tashrif haqida hamma ham bilmagan, hatto Pentagonda ham, Oq uyda ham. Jyeyk Sallivanning ta’kidlashicha, Rossiya «mojaroli vaziyat yuzaga kelmasligi uchun tashrifdan bir necha soat oldin» xabardor qilingan.
20 fevral kuni Ukraina ommaviy axborot vositalari Jo Bayden va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv videosini e’lon qildi. Ular sirena sadolari ostida Kiyevdagi Mixaylovskaya maydoni bo‘ylab yurishdi. Biroq, Reuters agentligiga ko‘ra, havo hujumi haqidagi ogohlantirish soxta bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:34
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05