Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya g‘allasi noqonuniy yo‘l bilan O‘zbekistonga eksport qilinayotgani aniqlandi
Qozog‘istonda Rossiya g‘allasini import qilish bilan bog‘liq kulrang sxema fosh etildi.
Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligining (MMA) aniqlashicha, Rossiya g‘allasi Qozog‘iston niqobi ostida boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu haqda agentlikka tayanib TASS xabar berdi.
MMA ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy korxonalardan biri 2021-2022 yillarda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Tojikistonga bir milliard tenge (2,2 million dollar) qiymatli 8,3 ming tonna Rossiya g‘allasini eksport qilgan.
Qozog‘iston kompaniyasi imtiyozli eksport tarifini olish uchun mahalliy fermer xo‘jaliklarining g‘alla Qozog‘istonniki ekani haqidagi soxta hisob-fakturalaridan foydalangan. Kulrang sxemalar tranzit tarifidan qochish imkonini bergan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etayotgani aytilmoqda.
2022 yilda Rossiya fermerlari rekord darajada ko‘p - 153,8 million tonna g‘alla yetishtirdi. Biroq, G‘arb sanksiyalari va logistikaning uzilishi tufayli don omborlarda to‘planib qolayotgani va bu rossiyalik fermerlar uchun xavf tug‘dirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026