O‘zbekiston | 12:55 / 21.02.2023
7816
2 daqiqa o‘qiladi

“Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘lovchi poyezdlari Namangan orqali harakatlanadi

24 fevraldan boshlab 92/91 va 94/93-sonli “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘lovchi poyezdlari Namangan orqali harakatlana boshlaydi. Bu bo‘yicha harakat jadvali tasdiqlandi.

Foto: KUN.UZ

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, 3 kundan keyin Namangan orqali yurishni boshlaydigan “Toshkent – Andijon – Toshkent” poyezdlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

24 fevraldan 94/93-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘nalishi:

Toshkent 06:04 – Namangan 10:53, 10:58 – Andijon 13:02.

25 fevraldan 94/93-sonli “Andijon – Toshkent” yo‘nalishi:

Andijon 15:52 – Namangan 17:57, 18:04 – Toshkent 22:46.

27 fevraldan 92/91-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘nalish:

Toshkent 17:22 – Namangan 21:54, 21:59 – Andijon 00:03

28 fevraldan 92/91-sonli “Andijon – Toshkent” yo‘nalishi

Andijon 15:52 – Namangan 17:57-18:04 – Toshkent 22:46

Shuningdek, quyidagi poyezdlar harakati jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritilayotgani ma’lum qilindi:

24 fevraldan 64-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi:

Toshkent 17:22 – Namangan 21:54, 21:59 – Andijon 00:03.

25 fevraldan 128-sonli “Qo‘ng‘irot — Andijon” yo‘nalishi:

Qo‘ng‘irot 09:33 – Namangan 10:18, 10:23 – Andijon 12:27.

26 fevraldan 127-sonli “Andijon — Qo‘ng‘irot” yo‘nalishi:

Andijon 15:52 – Namangan 17:57, 18:04 – Qo‘ng‘irot 18:22

25 fevraldan har shanba, yakshanba, seshanba va chorshanba kunlari 6382-sonli “Andijon – Qo‘qon” yo‘nalishi:

Andijon 14:44 – Qo‘qon – 20:34.

Дилшода Шомирзаева
Tayyorlagan Дилшода Шомирзаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid